Image-Description
Gabriel García Márquez

Gabriel García Márquez (talaffuzi: Gabriel Garsia Markes; 6-mart, 1927, Arakataka - 17-Aprel, 2014, Mexiko shahri) kolumbiyalik yozuvchi, „El Espectador“ gazetasining Bogota va Yevropadagi muxbiri boʻlgan. Dastlab ssenariylar yozgan. „Toʻkilgan yaproqlar“ (1955), „Polkovnikka hech kim yozmaydi“ (1958), „Gʻarazli soat“ (1962) povestlari realistik ruhda yozilgan, „Grande-Ona dafn marosimi“ (1962) toʻplamiga kirgan hikoyalari fantastikaga boy. „Yuz yil tanholikda“ (1967—70) roman epopeyasi Kolumbiya tarixiga bagʻishlangan. „Vabo va muhabbat“ (1985) romanida folklor va mifologiyadan foydalanib, oʻziga xos milliy ongni tiklashga harakat qilgan. Gabriel Márquez'ning „Yuz yil tanholikda“ (1986) romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1982). García Márquez 2014-yil 17-aprelida Mexikoda zotiljamdan vafot etdi.

Books by Gabriel García Márquez

1 Books found