Image-Description
Ivan Turgenev

Ivan Sergeyevich Turgenev [1818.28.10 (9.11), Oryol — 1883.22.8 (3.9), Parij yaqinidagi Bujival qishlogʻi; Sankt-Peterburgdagi Volkovo qabristoniga dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Peterburg untining falsafa ftini tugatgan (1837). T.ning dastlabki romantik sheʼrlari va "Steno" dramatik dostoni (1834) talabalik yillarida yozilgan. T.Peterburgdagi oʻqishni tugatgach, Berlinga borib (1838), falsafa va klassik filol. boʻyicha maʼruzalar tinglagan. 1841 y. Moskvaga kaytib kelgan, N.V.Gogol, S.T.Aksakov singari yozuvchilar bilan tanishib, badiiy ijod bilan shugullana boshlagan. T.ning shu kezlarda yozgan "Parasha" dostoni (1843) yosh yozuvchining romantizmdan uzoqlashib, oddiy xalq hayotiga yaqinlashganidan darak beradi. T. 1844 yilda "Andrey Kolosov" qissasini, keyinroq krepostnoylik xulqatvorini tasvirlovchi "Pomeshchik" dostoni (1846), "gʻayritabiiy" hisoblangan kishining qipqizil xudbin ekanligini fosh etuvchi "Uch surat" (1846) va "Breter" (1847), shuningdek, gogolona hajviy ruh bilan yoʻgʻrilgan "Petushkov" (1848) qissalarini eʼlon qilgan. T. 1847 yildan boshlab Parijda yashaydi. Shu yili "Sovremennik" ("Zamondosh") jurnali da chop etila boshlagan "Ovchining maktublari" asari bilan T. ijodida yangi davr boshlangan. T. turkum hikoyalardan iborat bu asarida rus dehqonlariga xos ezgu va olijanob fazilatlarni tasvirlagan. U tasvir etilayotgan qahramon yeki voqeaning mazmunmohiyatidan kelib chiqqan holda maishiy ocherk, hikoya, psixologik novella, lirik etyud singari nasriy janr shakllaridan unumli foydalangan. T. ayni paytda dramaturgiya janrlarida ham kalam tebratib, "Sarmoyasizlik" (1846), "Yoʻlboshlovchining nonushtasi" (1849 yilda sahnalashtirilgan) bir pardali hajviy pyesalarini, "Boʻydoq" komediyasi (1849), "Tekinxoʻr" maishiy dramasi (1849) va "Qishloqda bir oy" liropsixologik dramasi (1850) ni yozgan. Shundan soʻng "Mumu" (1855), "Ortiqcha kishining kundaligi" (1850), "Yakov Pasinkov", "Karvonsaroy" (1855) va "Yozishma"(1856) singari qissalarini yaratgan. 1852 y. "Ikki avlod" romani ustida ish olib borgan, ammo asar nihoyasiga yetmagan. Rossiyaga qaytgach (1850), SpasskLugovinovo qishlogʻida yashab, eng yaxshi asarlaridan biri — "Rudin" romani(1856) ni yozib tugatgan. Ushbu romanda Gegel falsafasiga mahliyo boʻlgan dvoryan ziyolilarining 30—40-yillarda rus jamiyatining maʼnaviy hayotida tutgan oʻrni badiiy taxlil egilgan.

Books by Ivan Turgenev

1 Books found