Sherlok Xolms haqida xotiralar

(0 User reviews)   219
By: M. Şaiq
Posted on: Sep 25, 2021
In Category: Detektiv
Language: Ўзбек

Ko’pchilik kitobxonlarning sevimli asarlari odatda detektiv asarlardir. Xech shubha yo’qki bu mavzu tilga olinar ekan ko’z oldimizda dunyoning eng mashxur detektivlari Sherlok Xolms hamda Puaro siymolari gavdalanadi. Dunyo adabiyotida detektiv janr taniqli amerika yozuvchisi Edgar Allan Po asarlari bilan paydo bo’lgan. Keyinchalik ham bu janrda ko’plab adiblar samarali ijod qilishgan. Artur Konan Doyl yaratgan favqulotta zakovat egasi Sherlok Xolms esa dunyo kitobxonlarini, detektiv shaydolarini ayniqsa lol qoldirib, o’zining mustahkam o’rnini kitobxonlar qalbidan egallagan. 
    Sherlok Xolms ilk bora “Skarletdagi tadqiqot” (1887) asarida dunyoga kelgan. Ushbu asar Sherlokning obrazi orqali ulkan mashxurlikka erishgan. Shu sababdan Artur Konan Doyl “Sherlok Xolmsning so’ngi ishi” asarida uni halok qilishi ko’plab noroziliklarga sabab bo’ladi. Keyinchalik muhlislar talabi va muhabbati sabab “Bo’sh uy” hikoyasida qadrdon Sherlok Xolms yana detektiv olamida paydo bo’lib barcha muhlislar qalbini ham hayratga ham quvonchga to’ldiradi. 
    Biz tanishib chiqqan “Sherlok Xolms haqida hikoyalar” asari 18ta turli, bir-biridan ajoyib hikoyalardan tashkil topgan. 

There are no reviews for this eBook.

0
0 out of 5 (0 User reviews )

Add a Review

Your Rating *